2023-yil yanvar-sentabr oylari Qashqadaryo viloyatida jami 12,6 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
Ulardan 38,5 % i yangi qurilishlarga yoʻnaltirilgan boʻlsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish boʻyicha 30,8 % hamda boshqa xarajatlarga 30,7 % investitsiyalar yoʻnaltirilgan.