Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31- yilligi munosabati bilan joriy yilning 7-dekabr kuni “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi bizning faxrimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Tayloqov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar va bularning hozirgi kundagi islohotlar jarayonida qanchalik muhim siyosiy jarayon bo‘lganligini ta’kidladi.
Shuningdek, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, Davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglatadi.