2023- yilning yanvar-oktabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 52,7 % i to‘g‘ri kelib, 2022- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 1,7 % punktga kamaydi.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilga nisbatan 106,2 % ni tashkil etgan holda 3752,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.