2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 7,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 24,6 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarni ulushi 52,8 %ni hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlar ulushi 22,6 %ni tashkil etdi.