2023- yilning 28-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan “O‘zbekiston Respblikasining Konstitutsiyasi”, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridek shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlar hamda O‘zbekiston Respblikasi Prezidentining 2023- yil 11-sentabrdagi, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyatini Milliy tadqiqotlar universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti talabalari va o‘qituvchilari jamoasiga keng ko‘lamli huquqiy tushuntirish va targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi.
O‘tkazilgan huquqiy-o‘quv seminar tadbirida ishtirok etgan talabalar va o‘qituvchilarga Konstitutsiyasi va Qonunlarga hamda Farmon talablariga amalda rioya etilishi shuningdek ularni amalda qo‘llanilishi va qonunlarning hayotda va ish faoliyatida ishlatilishi yuzasidan bergan savollariga batafsil javoblar berib o‘tdi.