Joriy yilning 17-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Tayloqov hamda Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha mas’ul xodimi Sh.Ro‘ziqulov 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligi va ahamiyati, bayroq so‘zining kelib chiqishi va lug‘aviy ma’nosi, millatimiz tarixidagi bayroqlarning ko‘rinishi xususida so‘z yuritishdi.
Statistika boshqarmasi jamoasi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan barcha vatandoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.