O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Rasmiy statistika to‘g‘risidagi qonuni, Mehnat kodekisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 23- oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining - 871-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 11- sentabrdagi PF-158 –sonli Farmoni bilan tasqiqlangan “ O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari yuzasidan Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i B. Maxmadaliyev hamda boshqarma xodimlari ishtirokida joriy yilning 17- noyabr kuni huquqiy o‘quv - seminar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘quv - seminarda Konstitutsiya, Qonun ustuvorligini ta’minlash, Ta’lim tizimidagi, Aholi salomatligini ta’minlash, Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha, Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yunalishidagi, Manaviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha islohatlar hamda Sud-huquq sohasidagi islohatlar bo‘yicha qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni mazmun-mohiyati va qo‘llanilishi tushuntirib berildi.
O‘quv-seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Matbuot xizmati