Joriy yilning 3-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov Perizidentning “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini ko‘chaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-sonli qarori talabiga ko‘ra jamoa hodimlari o‘rtasida Perizidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-58-sonli Farmoni hamda “Davlat chegaralari to‘g‘risida” gi O‘RQ-868-sonli qonunining mazmun-mohiyati bo‘yicha keng ko‘lamli huquqiy tushuntirish va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Seminarda ishtirok etgan xodimlar ushbu qonunni va normativ huquqiy hujjatlarni amalda qo‘llanilishi va foydalanishi bo‘yicha bergan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.