13/10/2023

Joriy yilning 13- oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari va tuman-shahar statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B. Melikmurotov so‘zga chiqib ““Statistikani korrupsiyasiz sohaga aylantirish bosh maqsadimiz” mavzusida seminar -trening tashkil qilindi.

Ushbu seminar-treningda, O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3 -yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonuni mohiyatini tushutirib o'tib ya'ni korrupsiya bu - jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

 

 Tadbirda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i B. Maxmadaliyev so‘zga chiqib, bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida ma’ruza qildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech