Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan kelib chiqib, 2023- yil 12- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 5-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qashqadaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish xududiy kengashi o‘zaro hamkorlikda jamiyatda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi hamkorlikda kurashaylik” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Ushbu seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B. Melikmurotov so‘zga chiqib, dastlab O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3 -yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonuni qabul qilinganligi, so‘ngra bir qator Prezidentimizning Farmon va qarorlari qabul qilinganligi, shuningdek ushbu normativ huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida barcha vazirlik va idoralar o‘zlarining ichki idoraviy hujjatlarini ishlab chiqib amaliyotga joriy etganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda, statistika sohasida korrupsiyani oldini olish maqsadida har bir xodim o‘ziga ayon bo‘lgan korrupsiyaviy jarayonlar to‘g‘risida o‘z vaqtida statistika idoralari rahbariyatiga xabar berishi yuzasidan ichki Reglament tasdiqlanganligi, shuningdek xodimlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni muntazam tizimli ravishda o‘tkazib borish zarurligi takidlab o‘tildi.
Tadbir so‘nggida, Statistika agentligi joylarda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishda doimiy ravishda Qashqadadaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi bilan hamkorlikda ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha kelishib oldilar.