05/10/2023

Aholi sonini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil va eʼlon qilishning yagona jarayonidir. U aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai boʻlib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida hali biror marta bunday hisob-kitob ishlari olib borilmagan. Bunday sanoq soʻnggi bor sobiq ittifoq davrida, aniqrogʻi, 1989-yilda oʻtkazilgan edi. Holbuki, xalqaro tajribadan maʼlumki, koʻpgina mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish tadbiri kamida har oʻn yilda bir marotaba tashkillashtirilishi anaʼnaga aylangan. Respublikamizda ham endi ana shunday muhim jarayon yoʻlga qoʻyiladi. 

 Ro'yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o'zi haqidagi ma'lumotlarni taqdim eta turib, o'zlari mansub bo'lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Misol uchun, ishsizlarning so'rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o'rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o'rinlari yaratish imkonini bersa,  bolalar soni to'g'risidagi ma'lumotlar maktab, maktabgacha ta'lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda qo'l keladi. Yosh haqidagi ma'lumotlar pensiyaga chiqadiganlar soni, ularning pensiya to'lovlari uchun zarur bo'ladigan mablag'larni jamg'arib borish imkonini beradi. Har yili maktabgacha ta'lim, umumta'lim maktablari yoki oliy ta'limga qabul qilinadigan yoshlar to'g'risidagi ma'lumotlar ham xuddi shunday shakllanadi. Yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo'llar qurilishi, kommunikatsiyalar bilan ta'minlashni rejalashtirish uchun zarur.

Oʻz navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash boʻyicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʻynaydi.

Aholi sonini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil va eʼlon qilishning yagona jarayonidir. U aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai boʻlib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.

Oʻz navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi andligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam oʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash boʻyicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʻynaydi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech