Joriy yilning 25–29-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida hududiy statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazildi.
Statistika tizimi xodimlarining kasbiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida oʻtkazilgan mazkur oʻquv-seminarda narx va narx indeksi kuzatuvlari uslubiyati, tarixi va vazifalari, maqsadi va shakllanishi, hisob-kitoblarning eʼlon qilinishi borasida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, hududiy narx boʻlimi xodimlariga Toshkent shahar hududida joylashgan dehqon bozorlarga chiqqan holda narx kuzatuvlari tashkil etildi. Kuzatuv ishtirokchilariga xodimlarga Statistika agentligining Narxlar statistikasi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Oʻquv seminari yakunida ishtirokchilar Narx statistikasi boʻlimi faoliyatining tashkiliy masalalari yuzasidan oʻzaro fikr-mulohaza almashishdi. Belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berildi.