04/10/2023

Avval xabar berganimizdek, Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasining 12-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

1-photo_2023-10-04_11-42-05

Mazkur nufuzli sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etmoqda.

2-photo_2023-10-03_19-31-25

Sessiya kun tartibiga koʻra, bugun rasmiy statistikada elektron taʼlim dasturlarini yaxshilash boʻyicha ma’lumotlar berildi. Statistika boʻyicha arab taʼlim va tadqiqot instituti, Gʻarbiy Osiyo uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya ekspertlarining hisobot va tavsiyalari tinglanib, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning bu boradagi tajribalarini oʻrganildi.

3-photo_2023-10-03_11-57-09

4-photo_2023-10-04_11-42-37

Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlari: BRM-8 (munosib mehnat va iqtisodiy oʻsish) koʻrsatkichlari monitoringi va hisoboti boʻyicha Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, BMT Statistika departamenti, milliy statistika idoralari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

5-photo_2023-10-03_19-36-27

Statistika agentligi delegatsiyasi tadbirlar doirasida chet el statistika idoralari rahbariyati  va xorijlik ekspertlar bilan uchrashib, istiqboldagi hamkorlik masalalari boʻyicha fikr-mulohaza almashishdi.

6-photo_2023-10-03_11-56-35

Tugmani bosing Tinglash GSpeech