Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 42 090 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yetib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,4 % ni tashkil etdi.
So‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni quyidagicha:
2019-yilda – 19 886 ta
2020-yilda – 23 887 ta
2021-yilda – 32 863 ta
2022-yilda – 37 462 ta
2023-yilda – 42 090 ta