Joriy yilning 20- sentabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Tayloqov, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi A. Ishnayeva hamda barcha tuman shahar bo‘lim boshliqlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda Sh. Tayloqov joriy yilning uchunchi chorak yakuni bo‘yicha belgilangan ichki savdo sohasiga oid so‘rovnomalarni sifatli va o‘z vaqtida o‘tkazish va ularning mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.
Shundek, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi A. Ishnayeva 4 savdo (YATT) so‘rovnomani o‘tkazish va tegishli ma’lumotlarni shakllantirish jarayonlariga o‘zgartirishlar kiritilgani bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Matbuot xizmati