19/09/2023

Joriy yilning yanvar-iyul oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 660,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,1 % ni tashkil etdi.

Ushbu yoʻnalishda koʻrsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelib, jami hajmdagi ulushi 81,1 % yoki 535,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Hududlar kesimida huquqshunoslar va hisobchilar xizmatlari hajmi, mlrd. soʻm:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 7,1

Andijon viloyati – 8,4

Buxoro viloyati –9,3

Jizzax viloyati – 3,5

Qashqadaryo viloyati – 10,5

Navoiy viloyati – 6,0

Namangan viloyati – 9,3

Samarqand viloyati – 18,4

Surxondaryo viloyati – 3,0

Sirdaryo viloyati – 2,9

Toshkent viloyati – 21,8

Fargʻona viloyati – 15,2

Xorazm viloyati – 9,2

Toshkent shahri – 535,7

Tugmani bosing Tinglash GSpeech