2023-yilning yanvar-iyul oylarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha 4 480,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining jamiga nisbatan ulushi – 71,0 %ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi – 15,9 %ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi – 13,1 %ni tashkil etdi.