07/09/2023

Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF- 6099- son farmoni ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ham ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida doimiy ravishda sport majmualarida xodimlar o‘rtasida turli sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, shu yilning 6-7 sentabr kunlari boshqarma xotin- qizlari ishtirokida shashka bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i B. Maxmadaliyev hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblarga B. Maxmadaliyev tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech