Viloyatimizda 2023-yilning yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 4 132 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 1 284 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 181 ta
sanoat sohasida – 634 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 263 ta
qurilish sohasida – 186 ta
tashish va saqlash sohasida – 182 ta
axborot va aloqa sohasida – 72 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 55 ta
boshqa sohalarda – 275 tani tashkil etgan.