06/09/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida joriy yilning 6- sentabr kuni Iqtisodiyot va Pedagogika universitetida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan universitet talabalariga davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu davra suhbatida Qashqadaryo viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosаri X. Tuychiyev Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlim bosh mutaxassisi A. Qurbonov hamda Qarshi shahar statistika bo‘limi boshlig‘i S. Qaxxorov va universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

 

Davra suhbatida dastlab, Qashqadaryo viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosаri X. Tuychiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5655- sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi OʻRQ-611-sonli “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisi”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli Qarori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  statistika agentligi tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlarning mazmun-mohiyati hamda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarida targʻibot ishlarini olib borish ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, davra suhbati davomida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassisi A. Qurbonov hamda Qarshi shahar statistika bo‘limi boshlig‘i S. Qaxxorov soʻzga chiqib, aholini roʻyxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik taʻminoti va maʻlumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlari, xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgrisida batafsil maʻlumotlarni berib oʻtdi.

Davra suhbati qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻldi. Davra suhbati yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech