06/09/2023

Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2023-yilning yanvar-iyul oylari yakuniga ko‘ra avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari ulushi 57,2 %ga yetdi (2022-yil yanvar-iyul oylarida – 57,4 %). 2023-yilning o‘tgan davrida avtomobil transporti xizmatlari umumiy hajmida yuk tashish xizmatlari hajmi 42,8 % (2022-yilning yanvar-iyul oylarida – 42,6 %) darajasida qayd etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech