24/08/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi  “O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi milliy statistikasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 84-bandini bajarish hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari haqidagi statistik ma’lumotlar sifatini yanada yaxshilash mahalliy davlat hokimiyati organlari va respublika tashkilotlari iqtisodchi xodimlarining “Statistika asoslari” o‘quv kursi bo‘yicha amaliy bilimlarini oshirish maqsadida joriy yilning 23-25- avgust kunlari Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti o‘qituvchilari, Jumaniyozov Shavkat va Umarov Faxriddin Umarovichlar o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordilar.

Asosan makroiqtisodiy tahlilida statistik ko‘rsatkichlarning tahlili, milliy statistikani xalqaro statistikaga integratsiyasini amalga oshirish yuzasidan axborot berildi.

 Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech