23/08/2023

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida 7,3 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 3,0 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 41,3 %ni tashkil etdi.

Mashina, asbob, uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 3,3 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 45,0 %) hamda boshqa xarajatlar 1,0 trln. soʻmni (13,7 %) tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech