20/07/2023

Avval xabar qilinganidek, 2023-yil 18-19-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasiga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlatlararo statistika qo‘mitasi delegatsiyasi tashrif bilan keldi.

1_7j1a7316

Joriy yilning 19-iyul kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlatlararo statistika qo‘mitasi delegatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rahbariyati uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2_7j1a7321

Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va statistikani rivojlantirishning keng ko‘lamli masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining MDH mintaqasidagi valyutalarning xarid qobiliyati paritetiga asoslangan xalqaro taqqoslash dasturidagi ishtiroki, xususan, MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatkichlarini hisoblash masalalari muhokama qilindi.

3_7j1a7327

4_7j1a7334

2021-2022-yillarga mo‘ljallangan xalqaro taqqoslash dasturi natijalariga muvofiq, milliy valyutaning xarid qobiliyatini aniqlash maqsadida ularni yil oxirigacha eʻlon qilinishi taʼkidlandi.

5_7j1a7342

Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlatlararo statistika qo‘mitasi raisi – Konstantin Emilevich Laykam O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

6_7j1a7344

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi rahbariyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida tashkil etilgan “Statistika muzeyi”da boʻlib, oʻzining dil soʻzlarini yozib qoldirdi.

7_7b5a6923

Shuningdek, mehmonlar Statistika agentligi xodimlarining ish jarayonlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

8_7j1a7416

Tugmani bosing Tinglash GSpeech