2023-yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 1,3 trln. soʻmni tashkil etib, asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 41,7 %ni tashkil etdi.
Shuningdek, mashina, asbob-uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 1,4 trln. soʻm (jami investitsiyalardagi ulushi 46,2 %)ni hamda boshqa xarajatlar 0,4 trln. soʻm (12,1 %)ni tashkil etdi.