12/07/2023

2023-yilning 4–5-iyul kunlari Armanistonning Yerevan shahrida “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni”ni takomillashtirish boʻyicha tajriba oʻrganish maqsadida oʻquv-tanishuv safari tashkil etildi.

1-orlanga

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YEIK)ning “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni” boʻyicha tashkil etilgan seminarda Norvegiya, Gruziya, Albaniya, Serbiya, Moldova, Armaniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiz milliy statistika idoralari vakillari va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlari ishtirok etdi.

2-aolangl

Tadbirda qatnashgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Ochiq maʻlumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Omonilla  Umarov Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan taqdimot qildi. Taqdimotda qonunni ishlab chiqish asoslari, uning tarkibi va tuzilmasi hamda oʻrganilgan xalqaro tajribalar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, seminar davomida BMT YEIK tomonidan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun ishlab chiqilgan va 2016-yil 29-aprelda maʼqullangan “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni”dan milliy statistika qonunchiligini takomillashtirishda foydalangan davlatlar bilan tajriba almashildi.

3-dfgssfsfgsf

Ushbu xalqaro seminar ishtirokchilari milliy statistika qonunchiligi va “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni” oʻrtasidagi bogʻliqliklar, oʻxshashlik yoki farqlar, mazkur qonundagi meʼyorlarni milliy statistika qonunchiligi bilan muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar bildirib, oʻzaro fikr-mulohaza almashishdi.

Ishtirokchilar milliy statistika tizimining huquqiy va tashkiliy asoslari hamda infratuzilmasini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida oʻzaro tajribasi almashdilar.

3-ldpdpgld

Tajriba almashish jarayonida Norvegiya, Gruziya, Albaniya, Serbiya, Moldova, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz davlatlarining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonunlariga BMT YEIKning “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni”nidan implementatsiya qilingan normalar keng tahlil qilindi va bugungi kunda milliy statistika amaliyotida ularning qoʻllanilayotganligi boʻyicha fikrlar almashildi.

4-anolangl

Qatnashchilar kelgusida rasmiy statistika maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish va eʼlon qilish jarayonlarida rasmiy statistika subyektlari – rasmiy statistikani tayyorlovchilar, respondentlar, maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchi idoralar hamda statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarni yanada mustahkamlash yuzasidan oʻz takliflarini aytishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech