05/07/2023

2023- yilning 3–5-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 16-maqsadi, 16.4.1 indikatori “Kiruvchi va chiquvchi noqonuniy moliyaviy oqimlarning umumiy hajmi”, soliq va tijorat bo‘yicha noqonuniy moliyaviy oqimlarni oʻlchash” mavzusida oʻquv seminari o‘tkazilishi belgilangan.

1-photo_5265257067831217685_y

Mazkur seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning BRM 16-maqsadi, 16.4.1 indikatorini shakllantirishga aloqador vazirlik va idoralarning mas’ul vakillari ishtirok etmoqda.

2-photo_5265257067831217691_y

3-photo_5265257067831217689_y

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qambarov Jahongir Hoshimjonovich ham qatnashayapti.

4-photo_5265257067831217688_y

5-photo_5267099106290027641_y

Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, BRM 16-maqsadi, 16.4.1 indikatorini shakllantirish va monitoringi uchun sifatli statistik ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni yig‘ish bo‘yicha xalqaro miqyosda tasdiqlangan usullarni o‘rganishdan iborat.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech