Joriy yilning 15- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha tashkiloti missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda BMT Ayollar tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori o‘rinbosari Elisa Fernandes Saens va O‘zbekiston Respublikasidagi dastur menejeri Jeren Gyuven Gyures ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev olib bordi.
Tadbir davomida gender strategiyasini tashkil etishni jadallashtirish, har jabhada ayollar ishtirokini kengaytirish hamda hamkorlikda dastlabki yoʻl xaritasini tayyorlash va boshqa gender tengligi bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.