2023- yilning yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Nishon tumanida (21,6 %), Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Shahrisabz shahrida (99,7 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Qarshi shahrida (18,0 %) qayd etildi.