Viloyatimizda 2023-yilning yanvar-aprel oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 2 634 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 834 ta
savdo sohasida – 808 ta
sanoat sohasida – 413 ta
qurilish sohasida – 113 ta
tashish va saqlash sohasida – 113 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 101 ta
axborot va aloqa sohasida – 50 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 31 ta
boshqa sohalarda – 171 tani tashkil etgan.