01/06/2023

Joriy yilning 31- may kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida Kichik tadbirkorlik subyektlari statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirish tartibi mavzusi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Statistika Agentligining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasining, Tadbirkorlik statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Axmedov Sherali hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xasan Tuychiyev, boshqarma mutaxassislari, Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasining, Tadbirkorlik statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Axmedov Sherali  tomonidan Kichik tadbirkorlik subyektlarining tarkibi, kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tasniflanishi, kichik tadbirkorlik subyektlarining statistik hisobotlarni taqdim etish tartibi, kichik tadbirkorlik subyektlari statistikasi ma’lumotlarini chop etish va e’lon qilish tartibi bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech