30/05/2023

Joriy yilning 24–25- may kunlari Moskvada II Yevroosiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi. 35 ta sessiyadan iborat boʻlgan mazkur biznes forumning shiori – “Koʻp qutbli dunyoda Yevroosiyo integratsiyasi” deb nomlangan.

1-photo_2023-05-29_17-41-33

Mazkur forumda 59 davlatdan 2700 nafardan ortiq ishtirokchi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yevroosiyo Iqtisodiy forumi doirasida “YeOII statistik maʼlumotlaridagi innovatsiyalar va yangi maʼlumotlar manbalari” sessiyasi boʻlib oʻtdi. Ushbu sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshligʻi Botir Irgashev ham ishtirok etdi.

2-photo_2023-05-29_17-41-33-2

Ushbu iqtisodiy forumning asosiy mavzulari YeOIIdagi integratsiya jarayonlarining eng dolzarb va ommabop masalalari, jumladan, yangi uzoq muddatli rejalashtirish hujjatlarini tayyorlash va 2030- va 2045- yillarga qadar integratsiyaviy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, hamkorlikni rivojlantirish boʻldi.

Shuningdek, YeOII va MDHga aʼzo boʻlmagan davlatlar oʻrtasida bojxona xizmatini tartibga solish va YeOII ichki bozorining istiqbollari, raqamli transformatsiya va xalqaro toʻlovlar mexanizmlarini takomillashtirish borasida ham maʼlumotlar berildi.

3-upcczjl4h65dgiu0j3ggtvdf1hj52b2b

Tadbirlar yetti yoʻnalishga boʻlingan holda tashkil etildi: Inson kapitali, Texnologiya va hamkorlik, Oʻzgaruvchan dunyoda YeOII, Yevroosiyo aloqalari, YeOII ichki bozori: bojxona hamkorligi, raqobat va davlat xaridlari, Strategik blok, YeOII ishbilarmonlar kengashi bloki.

4-photo_2023-05-29_17-41-33-3

Malumot uchun: YeOIIga aʼzo davlatlar – Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Rossiya va Qirgʻiz Respublikasi. Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibida Moldova va Kuba bilan birgalikda kuzatuvchi maqomiga ega.

Tadbir kun tartibida rasmiy statistik maʻlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va tarqatish jarayonlarini takomillashtirishda yangi axborot manbalari va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech