22/05/2023

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va uning ayollar hayotidagi o‘rni yuzasidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-87- son Farmoni 21- bandida belgilangan vazifasining ijrosini taʼminlash.

1-photo_2023-05-22_14-07-47

Xususan, xotin-qizlarni onkologik skriningdan oʻtkazishni taʼminlash, ayollarni oʻz yashash hududlarida onkoskrining tekshiruvidan oʻtkazilishini Xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti tomonidan nazoratga olish kabi farmonda belgilangan masalalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

2-photo_2023-05-22_14-07-51

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, Xotin-qizlar tashkiloti raisi Zulhumor Talipova mavzu yuzasidan so‘z yuritdi.

Ishtirokchilar hududiy boshqarmada tashkil etilgan Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan ayol xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida fikr-mulohaza almashishdi.

3-photo_2023-05-22_14-07-52

Shuningdek, xotin-qizlar salomatligiga e’tibor qaratish, ular o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazish, ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni  tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

     Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech