2023-yil yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 3,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.
Ulardan 37,5 % i yangi qurilishlarga yoʻnaltirilgan boʻlsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish boʻyicha 36,8 % hamda boshqa xarajatlarga 25,7 % investitsiyalar yoʻnaltirildi.