Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-19-may kunlari Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi statistika sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ikki tomonlama dolzarb mavzularda oʻzaro tajriba almashish masalalarida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.
Tashrif davomida Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti va Toshkent moliya institutiga tashrif buyurib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tashkil etilgan “Statistika” labaratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti bilan uchrashuv oʻtkazib, oʻzaro tajriba almashildi.
Bundan tashqari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya”ning Statistik trening va Statistik tadqiqotlar institutlari oʻrtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum institutlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda “tvinning” asosida integratsiyani amalga oshirishga xizmat qiladi.