2023- yilning 1- may holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 788 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-aprel oyida bu sohada 485 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 107 ta
Samarqand viloyati – 44 ta
Farg‘ona viloyati – 42 ta
Qashqadaryo viloyati – 31 ta