02/05/2023

2023- yilning 25–27- aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi tashkil etildi.

1

Mazkur tadbirda MDH va xorijiy mamlakatlar milliy statistika xizmatlari hamda Markaziy (Milliy) banklari, shuningdek, BMT YIK, XVJ, Yevrostat va Jahon banki hamda bir qator xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirok etdi. 

2

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanov ham qatnashdi.

3-photo_5357557564289697832_y

Seminarning asosiy maqsadi ilg‘or tajribalardan foydalanishni rag‘batlantirish hamda tavsiyalar va uslubiy materiallarni ishlab chiqishga hissa qo‘shish orqali milliy hisoblar tizimi, to‘lov balansi va boshqa tegishli xalqaro statistika uslubiyotlarini amaliyotga joriy etishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech