28/04/2023

Joriy yilning 27- aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023- yil I chorak yakunlari bo‘yicha agentlikning kengaytirilgan Hay’at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti vakillari, tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

2_7j1a80402_7j1a8040

Kun tartibiga binoan, Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich Hay’at yig‘ilishini ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Statistika agentligi oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2023- yil I choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

 3_7j1a80484_7j1a8006

Yig’ilishda kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi  bo’yicha ma’lumot berildi.

 5_7j1a79876_7j1a8010

Onlayn tashkil qilingan ushbu Hay’at yig‘ilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 8_7j1a8026

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar haqida fikr-mulohazalar almashildi.

 9_7j1a8024

Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech