2023-yilning yanvar-fevral oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 766,7 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 537,4 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 70,1 % ni, fuqarolik ob’ektlari qurilish ishlari 114,6 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 14,9 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 114,7 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 15,0 % ni tashkil etdi.