So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-  sonli qarori ijrosi yuzasidan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori mazmun-mohiyatini yoritish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo‘lib turganligini inobatga olgan holda, joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Joriy yilning 29- iyun kuni, Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi boʻlimi boshlig‘i  I. Mamatov  Dehqonobod, Mirishkor, Nishon tuman statistika bo‘limi xodimlari bilan birgalikda, shaharda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari uchun seminar tashkil etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davlat statistika hisobotlarini topshirishda qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida veb-platforma shaklida “Estat 4.0” axborot tizimi joriy etildi.

Ayni paytda veb-platformadan foydalanuvchilar sonining keskin ko‘payganligi sababli “Estat 4.0” axborot tizimida ayrim nosoziliklar kuzatilishi mumkin.

 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020 – 2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarordan kelib chiqib, joriy yilning 5- aprelidan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) boshlangan edi. Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-  sonli qarori bo‘yicha aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1- 25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Joriy yilning 25- iyun kuni Chiroqchi tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Yangi Dam” mahalla faollari bilan birgalikda “Aholini ro‘yxatga olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori yuzasidan joylarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Shu yilning 25- iyun kuni Mirishkor tumani Iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish bo‘limida  aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida shakllantirilgan xarita o‘rganish ishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari yuzasidan bir qator profilaktik ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 25- iyun kuni Dehqonobod tumani statistika bo‘limi mutaxassislari “Nodira” mahalla faollari bilan birgalikda “Aholini ro‘yxatga olish va o‘tkazish” mavzusida seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710- sonli qarori yuzasidan joylarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 24- iyun kuni Shahrisabz shahar Kesh mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida shakllantirilgan xarita o‘rganish ishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Joriy yilning 24- iyun kuni Nishon tuman statistika bo‘limi tomonidan tumandagi 12- umumta’lim maktabi o‘qituvchilari  ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 24- iyun kuni Shahrisabz tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi xalq ta’limi bo‘limi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarorining ijrosi yuzasidan davra suhbatlari o‘tkazildi.

Joriy yilning 24- iyun kuni, Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi boʻlimi bosh mutaxassisi M. Luqmonov  Qarshi, Shahrisabz shahar statistika bo‘limi xodimlari bilan birgalikda, shaharda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari uchun seminar tashkil etishdi.