So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 6- dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M.Shahripov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 03.01.2017-yildagi O‘RQ-119-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2024-yildagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini o‘zliksiz oshirish tizimini joriy qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun – mohiyati hamda qo‘llanilishini tushuntirib ma’ruza qildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oyida Qashqadaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 145319,5 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 19481,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Qarshi shahrida transport xizmatlari hajmi 679,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan. 

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,1 % ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir  o‘tkazildi.

Viloyatimizda 2024-yilning 1-noyabr holatiga 25551 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

Viloyatimizda 2024- yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 1675 ta tadbirkorlik subyektlari  ro‘yxatdan o‘tgan.

Joriy yilning 1- noyabr holatiga koʻra, 43092 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

2024- yilning 1- noyabr holatiga 151 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yil 1- noyabr holatiga Qashqadaryo viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1549 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar- sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 18302,7 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni tashkil qildi.