So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 27- avgustdagi “Minimal iste'mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 544-son qaroriga asosan 2021- yilda respublikaning barcha hududlarida 10,6 ming uy xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari asosida minimal iste'mol xarajatlari qiymati hisoblandi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 41 592 dona “Lacetti-Gentra” avtomobili ishlab chiqarilgan.

 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajralishlar soni:

2021- yilning yanvar - noyabr oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qariyb 70 ming tonna banan import qilgan.

2021- yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning noyabr oyida (diskret oy) ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7,4 trln. so‘mga o‘sdi va 27,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning dekabr oyida pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan ya'ni bir oyda o‘rtacha 1 % ga oshgan.

2021- yilning 11 oyida O‘zbekiston 58 ta xorijiy davlatlardan qiymati 84,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qilgan.

2020- yilda mamlakatimizda qishloq joylaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan qizlar soni 247,1 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 143,2 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yilning yanvar-noyabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 342 ta toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 44,1 trln. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublikada 2 070,7 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 100,9 % ni tashkil qildi.

2021- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 6,3 foizni (soni 32 848 ta) tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida tashish va saqlash bo‘yicha o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 5259,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2021- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 3,5 foiz (18 195 ta)ni tashkil etdi.

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 15 ta xorijiy davlatlarga qiymati 34 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyimlar eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamizda jami 93 563 o‘ringa mo‘ljallangan umumta'lim maktablari foydalanishga topshirilgan.

 2020- yilda mamlakatimizda shahar joylaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan o‘g‘il bolalar soni 359,0 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 88,1 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar–noyabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 419,2 ming dona maishiy kir yuvish mashinalari va kiyim quritish mashinalari ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 85,5 % ni tashkil qilgan.

2021- yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasida 738 nafar 40 va undan katta yoshdagi ayollar farzandli bo‘lishgan.