2022- yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax (49,7 %) va Surxondaryo (46,9 %) viloyatlarida, sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy (70,3 %) va Toshkent (48,2 %) viloyatlarida, qurilishning eng yuqori ulushi Toshkent shahrida (10,0 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,8 %), xizmatlar sohasining eng yuqori ulushi esa Toshkent shahrida (56,0 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (39,8 %) kuzatildi.