07/12/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan xalqimiz maʼnaviy salohiyatini yuksaltirishga hissa qoʻshib kelayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida Prezidentimizning tegishli farmoni va Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilingan edi.

Shu munosabat bilan, Davlat statistika qoʻmitasida davlatimizning yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlgan bir guruh xodimlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992- yil 8- dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

Davlat statistika qo’mitasi jamoasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

1_7j1a16572_7j1a16603_7j1a16754_7j1a16935_7j1a16836_7j1a17138_7j1a17239_7j1a1726

 

Matbuot  xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech