2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami 5264,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.
Shuningdek, jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida to`g`ridan-tog`ri xorijiy investitsiyalar 1061,8 mlrd. so`mni tashkil etgan bo`lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 361,6 mlrd. so`mni hamda boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 3 840,8 mlrd. so`mni tashkil etdi.