07/12/2022

2022- yil yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 3 236,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Eng muhimi, ushbu xizmat turi Toshkent shahrida talab nisbatan yuqori bo‘lib, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 16,7 %ni (541,7 mlrd. so‘m) tashkil etdi. Shu bilan birga, Toshkent (481,7 mlrd. so‘m yoki ushbu xizmatlar umumiy hajmining 14,9 %) va Farg‘ona (386,3 mlrd so‘m yoki 11,9 %) viloyatlarida ham ko‘rsatkich ancha yuqori.Eng kam hajm Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 53,9 mlrd. soʻm (avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar umumiy hajmining 1,7 %).

Hududlar boʻyicha avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi, mlrd. soʻm:

O‘zbekiston Respublikasi – 3 236,8

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 117,3

Andijon – 305,9

Buxoro – 181,8

Jizzax – 101,5

Qashqadaryo – 176,1

Navoiy - 145,9

Namangan – 143,0

Samarqand – 321,5

Surxondaryo – 136,0

Sirdaryo – 53,9

Toshkent – 481,7

Farg‘ona – 386,3

Xorazm – 144,2

Toshkent shahri – 541,7

Tugmani bosing Tinglash GSpeech