29/11/2022

2022- yil 22–25-noyabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy bo'limi eksperti Georgiy Kvinikadze bilan uchrashuv tashkil etildi.

1-7j1a0936

2-7j1a0953

Uchrashuvda qo‘mita rahbariyati, Qishloq xo'jaligi va ekologiya hamda Aholini ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar qishloq xo'jaligi sohasini ro'yxatga olish so'rovnomalarini ko'rib chiqib, qishloq xo'jaligi sohasida ro'yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko'rish metodikasi loyihasi bilan ham tanishishdi.

3

4-7j1a0955

Shuningdek, qishloq xo'jaligi sohasida ro'yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha Respublika va hududiy komissiyalar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda barcha vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalar haqida so‘z yuritildi.

5-7j1a0971

6-7j1a0979

Uchrashuv yakunida Davlat statistika qo'mitasi xodimlari va xalqaro ekspert tomonidan O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasini ro'yxatga olish bo'yicha kelgusida bajariladigan ishlar muhokama qilindi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech