Joriy yilning 23- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanovning 2022- yilning 14-16- noyabr kunlari Brussel (Belgiya) shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEIK) va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi(YEESA) tomonidan tashkil etilgan “Moliyaviy hisoblar” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Abrorali Mamadjanov yig‘ilganlarni seminardan olingan bilimlar, moliyaviy hisoblarni tuzish, hisoblar ketma-ketligi, nomoliyaviy aktivlar zaxiralari va oqimlari, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar kabi tushunchalar hamda ta’riflar bilan tanishtirdi.
Shuningdek, taqdimot jarayonida Abrorali Mamadjanov tomonidan xorijiy davlatlarning moliyaviy hisoblarni tuzish amaliyoti boʻyicha ma’lumotlar ham berildi.