23/11/2022

2022- yilning 14-16- noyabr kunlari Belgiyaning Brussel shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi tomonidan “Moliyaviy hisoblar” mavzusida seminar tashkil etildi.

1-photo_5465524061334519881_y

Mazkur seminarda Armaniston, Moldova, Niderlandiya, Shimoliy Makedoniya, Islandiya, Indoneziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston statistika idoralari vakillari qatnashdi.

2-photo_5465524061334519882_y

Davlat statistika qo‘mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig'i Mamadjanov Abrorali Ashiraliyevich ham ishtirok etdi.

3-photo_5465524061334519880_y

Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, moliyaviy hisoblar boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mazkur hisoblarni shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish usullarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech