Davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasining 1991- yil 18- noyabrdagi 407-XII- sonli «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan hamda u O'zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda: O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.
Shu jumladan, Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari SH.Tayloqov va boshqarma xodimlari bilan birgalikda davra suxbati bo'lib o'tdi. Boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari SH.Tayloqov so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i 1991- yil 18- noyabrdagi 407-XII- sonli «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan "Bayrog'imiz o'zida butun O'zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g'ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo'stlikni mujassam etgan. Milliy bayrog'imizning davlat idora va muassasalari, o'quv yurtlari, O'zbekiston a‘zo bo'lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma‘rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha‘ni, xalqimizning g'ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi" deb e‘tirof etdi.